Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. "Chelsi" autsayderni kichik hisobda yengdi

APL. "Chelsi" autsayderni kichik hisobda yengdi

Автор: admin

Angliya Premer-ligasi 36-turiga start berildi. 
Turning ilk bahsida "Chelsi" o‘z maydonida "Norvich"ni qabul qilib, kichik hisobda g‘alaba qozondi – 1:0.
O‘yindagi yagona gol birinchi bo‘lim so‘nggida Jiru tomonidan kiritildi. 
Shu tariqa, "Chelsi" 63 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. 20-o‘rinni egallab turgan "Norvich" hisobida esa 21 ochko mavjud. 
Chelsi – Norvich 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 45 Jiru.
Chelsi – Arrisabalaga, Alonso (Djeyms, 80), Zuma, Aspilikueta, Ryudiger, Loftus-Chik (Barkli, 67), Kovachich, Pulishich (Xadson-Odoi, 81), Jorjino, Villian, Jiru (Abraxam, 86).
Norvich – Krul, Godfri, Kloze, Aarons, Lyuis, Kentuell (Buendia, 71), Rupp (Martin, 89), Tetti (Shtipermann, 79), Ernandes (Pukki, 79), Maklin, Drmich (Ida, 79).
Ogohlantirishlar: Kentuell (58), Zuma (60), Kovachich (62), Buendia (88).
132   
Добавить комментарий
Ваше имя: *