Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Real» chempionlik o‘yinidan oldin muxlislariga murojaat qildi

«Real» chempionlik o‘yinidan oldin muxlislariga murojaat qildi

Автор: admin

«Real» klubi rasmiy sayti La Liga 37-turi doirasidagi «Vilyarreal»ga qarshi 16 iyul kungi uchrashuv jamoaning chempionlik o‘yini bo‘lishi mumkinligi bois o‘z muxlislariga murojaat bilan chiqdi.
Murojaatda madridlik muxlislardan jamoa chempionlikni qo‘lga kiritgan taqdirda, g‘alabani nishonlash uchun Sibeles maydonida to‘planmaslik so‘ralgan. Bunga shahardagi koronavirus pandemiyasi bo‘yicha vaziyat sabab qilib ko‘rsatilgan.
«Real» chempionlikni Madrid ko‘chalari, shu jumladan Sibeles maydonida tantana qilishni rejalashtirmayapti. Shu bois muxlislardan ommaviy to‘planmaslikni so‘rab qoladi», - deyiladi xabarda. 
Ma’lumot uchun, Zineddin Zidan jamoasi 16 iyul kuni «Vilyarreal»ni mag‘lub etsa yoki shu kuni «Barselona» «Osasuna» bilan bahsda ochko yo‘qotsa, «Real» La Liga g‘olibligini rasmiylashtiradi.
Eslatib o‘tamiz, «Real» o‘z an’anasiga ko‘ra chempionlikni Madriddagi mashhur Sibeles maydonida o‘tkazardi.
156   
Добавить комментарий
Ваше имя: *