Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » Sport24.ru: «Zenit», «Spartak», «Lokomotiv» va «Krasnodar» Oston O‘runov uchun kurash boshladi

Sport24.ru: «Zenit», «Spartak», «Lokomotiv» va «Krasnodar» Oston O‘runov uchun kurash boshladi

Автор: admin

Rossiya Premer-ligasining yetakchi jamoalari «Ufa» klubining 19 yoshli o‘zbekistonlik yarimhimoyachisi Oston O‘runovga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi Sport24.ru.
Manbaning yozishicha, O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosiga «Zenit», «Spartak» va «Lokomotiv» klublari asosiy da’vogarlik qilishmoqda. 
Qayd etilishicha, O‘runovni «Krasnodar» klubi ham o‘z safida ko‘rmoqchi. Oston aynan ushbu klubning akademiyasida mahoratini oshirgan. Qolaversa, klub rahbariyati Odil Ahmedov to‘p surgan vaqtdan buyon Oston O‘runovga yaqin odamlar bilan yaxshi munosabat o‘rnatgan.
Shuningdek, «Ufa» rahbariyatini tark etib, Moskvaning «Spartak» klubi bosh direktori etib tayinlangan Shamil Gazizov ham o‘zbekistonlik futbolchining transferi ustida ish boshlagan. Gazizov fevral oyida O‘runovni Toshkentning «Lokomotiv» klubidan «Ufa»ga o‘tishiga sababchilardan biriga aylangandi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Premer-ligasi so‘nggi turi doirasidagi «Lokomotiv» - «Ufa» (1:1) uchrashuvini kuzatish uchun «Manchester Yunayted» klubi skautlari kelgan va o‘sha bahsda Oston O‘runov o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.
160   
Добавить комментарий
Ваше имя: *