Goal24.uz » Chempionlar ligasi » YECHL-2020/21: guruh bosqichida ishtirok etadigan 19ta klub aniq bo‘ldi

YECHL-2020/21: guruh bosqichida ishtirok etadigan 19ta klub aniq bo‘ldi

Автор: admin

Yevropada mavsum asta-sekin yakunlanib, kelasi yili yevrokuboklarda ishtirok etadigan klublari nomi aniqlanmoqda. Jumladan, Chempionlar ligasining keyingi mavsumi guruh bosqichida qatnashadigan bir nechta jamoalar aniq bo‘ldi.

Fransiya, Niderlandiya, Belgiya va Shotlandiyada mavsum oxiriga yetkazilmagan bo‘lsa, Germaniya chempionatni yakunlab qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Ispaniyada esa YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan 4 jamoaning nomi aniq bo‘lib ulgurdi.

Jami 26ta jamoaga bevosita YECHL guruh bosqichida ishtirok etish huquqi beriladi. Hozirgi kunga kelib bu huquqni qo‘lga kiritgan jamoalar:

Angliya: Liverpul, Manchester Siti
Ispaniya: Real, Barselona, Sevilya, Atletiko Madrid
Germaniya: Bavariya, Borussiya D, RB Leypsig, Borussiya M
Fransiya: PSJ, Marsel, Renn
Italiya: Yuventus
Belgiya: Bryugge
Ukraina: Shaxtyor
Turkiya: Istanbul Bashakshehir
Rossiya: Zenit
Niderlandiya: Ayaks
Manba: football.ua
232   
Добавить комментарий
Ваше имя: *