Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Keyn Mourinyo uchun asosiy narsa nima ekanligini ochiqladi

Keyn Mourinyo uchun asosiy narsa nima ekanligini ochiqladi

Автор: admin

Londonning «Tottenxem» klubi hujumchisi Xarri Keyn jamoa sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bilan hozirgi bosh murabbiyi Joze Mourinyolarni taqqosladi.
Xarri Keyn so‘nggi uchrashuvda jiddiy tanqidlar ostida qoldi. Ko‘pchilikning fikricha, «Tottenxem»ning portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostidagi o‘yin uslubi to‘purarning kuchli tomonlarini yo‘q qiladi. Keyn esa keyingi mavsumni kutishga chaqirdi.
«Shubhasiz Pochettino va Mourinyolarning o‘yin usullari umuman o‘zgacha. Mourinyo faqat g‘alaba haqida o‘ylaydi. Joriy mavsum bizning hisobimizda sovrin yo‘q, lekin mavsumda bu bizning asosiy maqsadimiz bo‘ladi. U bu haqda tushuntirish berdi. Jamoada ajoyib muhit hukmronlik qilmoqda.
Bundan tashqari, murabbiy yangi mavsum oldidan ishlash uchun ko‘proq vaqtga ega bo‘ladi va futbolchilarni yaxshiroq tanib oladi. Hozir men uchun – dunyodagi eng yaxshi murabbiydan kerakli narsalarni o‘rganib olish ajoyib imkoniyat bor», – dedi Keyn BT Sport bilan suhbatda.
«Tottenxem» ayni paytda APLda sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi va yevrokuboklardan chetda qolish xavf ostida qoldi.
142   
Добавить комментарий
Ваше имя: *