Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «MYU» Sanches, Lingard va yana 4 futbolchisini transferga qo‘yadi

«MYU» Sanches, Lingard va yana 4 futbolchisini transferga qo‘yadi

Автор: admin

«Manchester Yunayted» yozgi transfer oynasida bir qator futbolchilari bilan xayrlashishni rejalashtirgan, deya yozmoqda The Telegraf.
Klub jamoaning asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotgan Jessi Lingard, Fil Jons, Diogu Dalot, Markus Roxo singari futbolchilar bo‘yicha boshqa jamoalarning takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor. Shuningdek, Italiya klublarida ijara asosida to‘p surayotgan Aleksis Sanches va Kri Smolling ham transferga qo‘yiladi. Manchester klubi ushbu o‘yinchilar borasida ular to‘p surayotgan Milan va Rim klublari bilan muzokarani qaytadan boshlashga tayyor.
Sulsher «MYU» rahbariyatiga bu futbolchilarni transferga qo‘yilishiga qarshi emasligini bildirgan. Klub ijrochi direktori Ed Vudvord 6 nafar futbolchining sotuvi orqali yozgi transferlarda «MYU» moliyaviy imkoniyatini yaxshilamoqchi. 
Oldinroq, «MYU» Chempionlar ligasiga yo‘llanma olsa «Borussiya» vingeri Jeydon Sanchoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi. Nemis klubi Sanchoni 100 million yevrodan kamga sotmoqchi emas.
144   
Добавить комментарий
Ваше имя: *