Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » "Real" bir necha o'yinchilarni, jumladan Sebalosni 25 million evroga sotishga tayyor

"Real" bir necha o'yinchilarni, jumladan Sebalosni 25 million evroga sotishga tayyor

Автор: admin

"Real" ijara asosida "Arsenal"da to'p tepayotgan Dani Sebalos bilan xayrlashishga tayyor.
London klubi Sebalosni xarid qilishga tayyor. O'yinchiga shuningdek "Valensiya" va "Betis" klublari ham qiziqmoqda. Qayd etish kerakki, transfer narxi taxminan 25 million evroni tashkil etishi mumkin.
Bundan tashqari, "Real"dan "Granada"da ijara asosida to'p tepayotgan Xesus Valexo ham ketishi mumkin. "Real" 23 yoshli ispaniyalik futbolchi sotmoqchi, ammo uning rivojlanishini ham kuzatmoqchi.
Klubdan shuningdek "Rayo Valekano"da o'ynayotgan Xorxe de Frutos ham ketishi mumkin. Unga "Selta" va "Betis" qiziqmoqda, bitimning ehtimoliy narxi 10 million evroni tashkil etadi.
"Real"ning asosiy maqsadi - tarkibdagi o'yinchilarni qisqartirish. Hozirda Madrid klubida 38 nafar o'yinchi bor.
125   
Добавить комментарий
Ваше имя: *