Goal24.uz » Jahon » FIFA JCH-2022 taqvimini e’lon qildi

FIFA JCH-2022 taqvimini e’lon qildi

Автор: admin

FIFA rasmiy sayt Qatarda o‘tadigan 2022 yilgi jahon chempionati taqvimini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, turnirning ochilish uchrashuvi Al-Xaur shahridagi «Al-Bayt» stadionida 21 noyabr kuni o‘tkaziladi. Stadion sig‘imi 60 ming tomoshabinga mo‘ljallangan. O‘yinda mezbon jamoa Qatar bo‘ladi.
Guruh bosqich bahslari 2 dekabr kunigacha davom etadi. 3 dekabrdan esa 1/8 final boshlansa, 9-10 dekabrda chorakfinal, 13-14 dekabrda esa yarim final bahslari o‘tkaziladi. Final 18 dekabr kuni Lusail shahrida shu nomdagi arenada bo‘lib o‘tadi. Stadion sig‘imi 80 ming tomoshabinga mo‘ljallangan. 
Uchinchi o‘rin uchun bahs esa 17 dekabr kuni Dohadagi 45 ming o‘rinli «Xalifa» stadionida o‘tkaziladi.
167   
Добавить комментарий
Ваше имя: *