Goal24.uz » O'zbekiston » Pro liga. «Neftchi» ochko yo‘qotdi, «Sho‘rtan» va «Istiqlol»da g‘alaba

Pro liga. «Neftchi» ochko yo‘qotdi, «Sho‘rtan» va «Istiqlol»da g‘alaba

Автор: admin

Pro-liga 3-turi doirasidagi navbatdagi uchta uchrashuv yakuniga yetdi.
«Istiqlol» Farg‘onada «Zomin» ustidan yirik hisobda g‘alabaga erishgan bo‘lsa, «Sho‘rtan» G‘uzorda «Turon»ni chempionatdagi dastlabki mag‘lubiyatni tan olishga majbur qildi. 
Turnir jadvali peshqadami «Neftchi» esa Toshkentda «Oqtepa»ni penalti evaziga mag‘lub etishga yaqin edi. Biroq uchrashuv yakunida mezbonlar ham 11 metrlik nuqtadan gol urib, o‘yinning durang natija bilan yakunlanishini ta’minlashdi. Shunga qaramay, ochkolari sonini 7taga yetkazgan Farg‘ona klubi peshqadamlikni davom ettirmoqda. Qayd etish joiz, ushbu bahs belgilangandan 20 daqiqa kech boshlangan.
Bugun o‘tishi kerak bo‘lgan «Xorazm» - «Dinamo» bahsi esa PFL tomonidan bir kun keyinga qoldirildi.
Pro-liga. 3-tur
15 iyul, chorshanba
«Istiqlol» - «Zomin» - 3:0

Bosh hakam: Shavkat Nasibullayev
Gollar: Rustam Abduhamidov 58, Fayzullo Jumanqo‘ziyev 61, Muydin Mamazulumov 80.
«Istiqlol»: 12.Nodir Ashurmatov, 2.Ahrorbek O‘ktamov, 6.Abbosbek Maxstaliyev, 7.Umidjon Qodirov, 9.Muhammadjon Sultonov, 14.Rustam Abduhamidov, 15.Ulug‘bek Xudoyberdiyev, 17.Timur Mamatmurodov, 20.Rahmatullo O‘ktamov, 21.Elyor Mamasoliyev, 22.Umar Adhamzoda.
«Zomin»: 12.Javohir Kamilov, 3.Mirjalol Suyunov, 4.Eldor Karimov, 6.Sherzod Jalilov, 7.Dostonbek Bahromov, 8.Otabek Ahmatjonov, 10.Jonibek Ko‘chimov, 11.Azamat Roziqov, 14.Muhammad Norboyev, 17.Abdumutal Tursunqulov, 21.Maradona Safarov.
«Oqtepa» - «Neftchi» - 1:1
Bosh hakam: Elyor Tursunov
Gol: Otabek Zokirov 16, penaltidan

«Oqtepa»: 13.Ravshanbek Yagudin, 3.Doniyor Umarov, 6.Sunnatilla Mamadaliyev, 7.Sherzod Qodirov, 9.Sarvar Jumaniyozov, 11.Temur Hakimov, 14.Diyor Jaloliddinov, 19.Xurmatbek Yo‘ldoshev, 20.Samandar Ochilov, 25.Akbar Alisherov, 33.Maksimilian Fomin.
«Neftchi»: 35.Sherzod Abduraimov, 3.Temur Sultonov, 4.Mirjalol Ne’matov, 5.Eldor Ergashev, 6.Muhammadaziz Obidjonov, 7.Mansur Saidov, 8.Islombek Karimov, 9.Otabek Zokirov, 10.Islom Toshpo‘latov, 13.Jamshid Qobulov, 99.Ilhom Vahobov.
«Sho‘rtan» - «Turon» - 3:2
Bosh hakam: Rustam Choriyev

Gollar: Behzod Suvonov 3, Fahriddin Alimov 47, Xudoyorxon Sa’dullayev 83 - Ismoil Ohunjonov 49, Asilbek Qayumov 90+2.
«Sho‘rtan»: 25.Mirzohid Mamatxonov, 2.Nurali Padarov, 5.Elbek Otaqulov, 7.Olimjon Karimov, 10.Ma’ruf Murodov, 14.Shokir Yuldashev, 17.Elyor Omonjonov, 18.Samandar Shodmonov, 22.Sardor Sa’dullayev, 24.Behzod Suvonov, 27.Islom Shodmonov.
«Turon»: 87. Akmal Ortiqov, 2. Abdulaziz Abdurashidov, 4. Sunnatillo Ermatov, 10. Javohir Sohibov, 15. Shohrux Xolmatov, 17. Doston Meliqo‘ziyev, 18.Asliddin Toshtemirov, 21. Dilshod Xushbaqov, 22. G‘olib Sariboyev, 25. Ismoil Oxunjonov, 77. Bilolxon Toshmirzayev.
«Xorazm» - «Dinamo» uchrashuvi 16 iyul kuniga qoldirildi.
722   
Добавить комментарий
Ваше имя: *