Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriya. 6ta gol kiritilgan o‘yinda «Yuve» ochko yo‘qotdi, «Latsio» va «Napoli»da ham durang, «Milan»da g‘alaba

A Seriya. 6ta gol kiritilgan o‘yinda «Yuve» ochko yo‘qotdi, «Latsio» va «Napoli»da ham durang, «Milan»da g‘alaba

Автор: admin

Italiya A Seriyasi 33-turi doirasidagi chorshanba kungi o‘yinlar ro‘yxatidan joy olgan uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi.
Peshqadam «Yuventus» safarda «Sassuolo» bilan jangovar 3:3 hisobidagi durangga rozi bo‘ldi. Turin jamoasi birinchi bo‘limda 2:0 hisobida oldinda edi, biroq ketma-ket Jurichich, Berardi, Kaputoning gollari bilan mezbonlar g‘alabani o‘z tomonlariga og‘dirib olishgandi. 64-daqiqada Aleks Sandro hisobni tenglashtirib, peshqadam jamoani mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Peshqadamni ta’qib etayotgan «Latsio» bu turda ham ochko yo‘qotib, 69 ochko bilan 3-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Atalanta» yirik g‘alaba evaziga 2-o‘ringa chiqib oldi.
«Milan» «Parma»ni mag‘lub etgan bo‘lsa, «Napoli» bu turda ochko yo‘qotdi.
A Seriya. 33-tur. 15 iyul
Sassuolo – Yuventus 3:3
Gollar: 0:1 – 5 Danilo, 0:2 – 12 Iguain, 1:2 – 29 Jurichich, 2:2 – 51 Berardi, 3:2 – 54 Kaputo, 3:3 – 64 Aleks Sandro.
Sassuolo – Konsili, Myuldyur, Kirikesh (Marlon, 75), Peluzo, Kiryakopulos, Djurichich (Traore, 67), Lokatelli, Manyanelli (Burabiya, 67), Boga (Raspadori, 86), Berardi (Ferrari, 86), Kaputo.
Yuventus – Shchensnы, Danilo, Kellini (Rugani, 46), de Ligt, Aleks Sandro, Bentankur, Matyuidi (Remzi, 81), Pyanich (Rabo, 57), Bernardeski (Duglas Kosta, 62), Iguain (Dibala, 57), Ronaldu.
Milan – Parma 3:1
Gollar: 0:1 – 44 Kurtich, 1:1 – 55 Kessie, 2:1 – 59 Romanoli, 3:1 – 77 Chalxano‘g‘lu.
Milan – Donnarumma, Konti (Kalabriya, 46), Ker, Romanoli, Teo (Laksalt, 80), Bigliya (Bennaser, 56), Kessie, Rafael Leau (Rebich, 61), Bonaventura, Chalxano‘g‘lu (Krunich, 80), Ibrahimovich.
Parma – Sepe, Darmian, Yakoponi, Brunu Alvesh (Dermaku, 46), Galolo, Grassi (Ernani, 63), Brugman (Ingleze, 63), Kurtich, Kulusevski, Kornelius (Karamo, 14; Kaprari, 81), Jervino.
Bolonya – Napoli 1:1
Gollar: 0:1 – 7 Manolas, 1:1 – 80 Barrou.
Bolonya – Skorupski, Mbaye (Densvil, 84), Larangeyra, Tomiyasu, Kreychi (Deyks, 65), Medel (Baldursson, 78), Dominges (Poli, 78), Olsen (Orsolini, 65), Soriano, Barrou, Palasio.
Napoli – Meret, Di Lorenso, Manolas, Maksimovich, Xyusay, Elmaz (Fabian Ruis, 69), Demme, Zelinski (Allan, 83), Politano (Kalexon, 61), Milik (Mertens, 69), Losano (Insine, 61).
Roma – Verona 2:1
Gollar: 1:0 – 10, penalti Veretu, 2:0 – 45 Jeko, 2:1 – 47 Pessina.
Roma – Lopes, Kolarov, Spinatssola, Manchini, Bruno Peres (Dzappakosta, 66), Mxitaryan (Perotti, 88), Veretu, Pellegrini (Dzanolo, 66), Diavara (Kristante, 66), Rojer (Vilyar, 90), Jeko.
Verona – Silvestri, Gyunter, Alan Emperor, Kumbula (Dimarko, 19), Faraoni, Pessina, Dzakkani (Salsedo, 64), Lazovich, Velozu (Stempinski, 83), Verre (Esserik, 63), Amrabat (Agemang-Badu, 83).
Udineze – Latsio 0:0
Udineze – Musso, Nyuytink (Samir, 83), Rodrigo Bekao, De Mayo, Larsen, Yayalo (Uolas, 45), Fofana, Sema (ter Avest, 68), de Paul, Lazanya, Okaka Chuka (Teodorchik, 68).
Latsio – Strakosha, Luis Felipe (Kataldi, 74), Radu (Bashtush, 51), Acherbi, Latssari (Anderson, 79), Luis Alberto, Milinkovich-Savich, Parolo, Xoni Rodriges (Lukaku, 51), Kaysedo (Adekane, 79), Immobile.
Sampdoriya – Kalyari 3:0
Gollar: 1:0 – 8 Gabbyadini, 2:0 – 40 Bonatssoli, 3:0 – 53 Bonatssoli.
Lechche – Fiorentina 1:3
Gollar: 0:1 – 6 Keza, 0:2 – 38 Gezzal, 0:3 – 40 Kutrone, 1:3 – 88 Shaxov.
207   
Добавить комментарий
Ваше имя: *