Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » RPL. «Zenit»dan yirik g‘alaba, Dzyuba va Ozmundan rekord natija

RPL. «Zenit»dan yirik g‘alaba, Dzyuba va Ozmundan rekord natija

Автор: admin

Rossiya Premer-ligasi 29-turi doirasida chempionlikni naqd qilgan «Zenit» turnir autsayderi «Orenburg»ga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvda mezbonlar yirik hisobda g‘alaba qozonishdi. Ozmun dublga erishgan bo‘lsa, Dzyuba gollari hisobini yana bittaga oshirdi, yana bir gol esa avtogol sifatida yozildi.
Shunday qilib, chempionatning eng yaxshi to‘purari Dzyubaning gollari 17taga yetgan bo‘lsa, Ozmunning gollari 16ta bo‘ldi. Rossiyalik va eronlik forvardlar bir mavsumda chempionatda jami 33ta golga mualliflik qilib Rossiya Premer-ligasi tarixidagi eng yaxshi hujumchilar duetiga aylanishdi. 
Bungacha ham eng yaxshi rekord piterliklarga tegishli bo‘lib, 2015/16 yilgi mavsumda «Zenit»dagi forvardlar tandemi – Dyuba va Xalk 15 va 17tadan gol bilan jami 32ta golga mualliflik qilishgandi.
Rossiya Premer-ligasi. 29-tur
Zenit – Orenburg 4:1
Gollar: 1:0 – 2, avtogol Malix, 1:1 – 32 Fameye, 2:1 – 61 Ozmun, 3:1 – 77 Ozmun, 4:1 – 90 Dzyuba.
Zenit – Vasyutin, Smolnikov, Proxin, Rakitskiy, Jirkov (Musayev, 62), Ozdoyev (Shamkin, 62), Barrios (Kuzyayev, 70), Ozmun, Malkom (Sutormin, 70), Driussi (Shatov, 84), Dzyuba.
Orenburg – Klimovich, Malix, Shaxov (Gotlib, 69), Sivakov, Terexov, Zotov, Lipovoy (Shkoflek, 74), Ayupov, Chukanov, Kulishev (Lapshov, 84), Fameye.
218   
Добавить комментарий
Ваше имя: *