Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Klopp "Liverpul" futbolchilarini tanqid qildi

Klopp "Liverpul" futbolchilarini tanqid qildi

Автор: admin

«Liverpul» ustozi Yurgen Klopp «Arsenal»ga qarshi o‘yindan keyin intervyu berdi. Mazkur o‘yinda «to‘pchilar» 2:1 hisobida zafar quchishdi. «Liverpul»da Sadio Mane gol urgan bo‘lsa, «Arsenal»da Lyakazett va Nelson raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi.
«Ikki marta konsentrasiyani jiddiy tarzda yo‘qotdik. Biz yaxshi o‘ynadik, 24 ta zarba yo‘lladik, ammo ikkita epizod o‘yinni o‘ldirdi.
«Arsenala»da yaqqol vaziyatlar bo‘lmadi. Ammo bunday gollarni o‘tkazib yuborib, g‘alaba qozonish mumkin emas.
Biz konsentrasiyani yo‘qotdik, bu fakt. APLda esa bunday qilib bo‘lmaydi. Van Deyk to‘pni yo‘qotdi, ammo men kimdir to‘p uchun ochilganini ko‘rmadim. Hech kim to‘pni qabul qilishni istamadi. Buni hazm qilib bo‘lmaydi.
Biz ushbu o‘yindan saboq olishimiz kerak va shunday qilamiz ham», – dedi Klopp.
Manba: football24.ru
169   
Добавить комментарий
Ваше имя: *