Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Manchester Siti» Ferran Torres bilan kelishib oldi

«Manchester Siti» Ferran Torres bilan kelishib oldi

Автор: admin

«Manchester Siti» klubi «Valensiya» yarimhimoyachisi Ferran Torres bilan shaxsiy shartnomani kelishib oldi.
Eurosport xabariga ko‘ra, «shaharliklar» 20 yoshli ispaniyalik iqtidor bilan uzoq muddatli mehnat bitimini imzolashadi.
Endi «Siti» «Valensiya» bilan transfer bo‘yicha kelishuvga erishishi lozim. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, uning qiymati 50 mln yevro bo‘lishi mumkin.
«Manchester Siti» Torresni «Bavariya»ga o‘tib ketgan Leroy Sanening o‘rnini bosishiga umid qilmoqda.
Avvalroq uning xizmatiga «Yuventus», «Real» va «Atletiko» klublari qiziqish bildirgan edi.
Torresning «Valensiya» bilan imzolagan shartnomasi 2021 yil yozigacha mo‘ljallangan.
150   
Добавить комментарий
Ваше имя: *