Goal24.uz » O'zbekiston » «Paxtakor»ning Chempionlar Ligasidagi qolgan o‘yinlari sanasi ma’lum bo‘ldi

«Paxtakor»ning Chempionlar Ligasidagi qolgan o‘yinlari sanasi ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) Chempionlar Ligasi bahslariga mezbonlik qiladigan mamlakat va o‘yin sanalarini ma’lum qildi.
Toshkentning «Paxtakor» klubi ishtirok etayotgan G‘arb mintaqasidagi guruh bosqichi va pley-off bahslari markazlashgan tartibda, sentyabr oyida o‘tkaziladi. O‘yinlarga Qatarning Doha shahri mezbonlik qilishi ko‘zda tutilgan.
«Paxtakor» jamoasi o‘rin olgan B guruhining o‘yinlar taqvimi quyidagicha:
Chempionlar Ligasi 
B guruhi | Markazlashgan majmua, Doha

3-tur | 14 sentyabr
«Al Hilol» (Saudiya Arabistoni) - «Paxtakor» (O‘zbekiston)
«Shabab Al-Ahliy» (BAA) - «Shahri Xudro‘» (Eron)
4-tur | 17 sentyabr
«Paxtakor» (O‘zbekiston) - «Al Hilol» (Saudiya Arabistoni)
«Shahri Xudro‘» (Eron) - «Shabab Al-Ahliy» (BAA)
5-tur | 20 sentyabr
«Shabab Al-Ahliy» (BAA) - «Paxtakor» (O‘zbekiston)
«Shahri Xudro‘» (Eron) - «Al Hilol» (Saudiya Arabistoni)
6-tur | 23 sentyabr
«Shahri Xudro‘» (Eron) - «Paxtakor» (O‘zbekiston)
«Al Hilol» (Saudiya Arabistoni) - «Shabab Al-Ahliy» (BAA)
Yangi taqvim mintaqadagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda o‘zgartirilishi mumkin.
528   
Добавить комментарий
Ваше имя: *