Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » «Liverpul» «Chelsi» bilan o‘yindan keyin chempionlik kubogini qabul qilib oladi

«Liverpul» «Chelsi» bilan o‘yindan keyin chempionlik kubogini qabul qilib oladi

Автор: admin

APL rasmiy sayti chempionlikni naqd qilib qo‘ygan «Liverpul»ga chempionlik kuboginini qachon topshirilishini ma’lum qildi.
Tantanali topshirish marosimi 22 iyul kungi APL 37-turi doirasida «Enfild»da o‘tadigan «Chelsi»ga qarshi uchrashuvdan keyin tashkil etiladi. Shu kuni Mersisayd klubining futbolchilari, murabbiylar shtabi va klub xodimlari bosh sovrin va Angliya chempionati chempionligi uchun oltin medallarni qabul qilib olishadi. 
Kubok topshirilishi marosimida «Liverpul» afsonasi, ushbu klubni so‘nggi marta – 1990 yilda chempion qila olgan Kenni Dalglish ham ishtirok etadi.
APL va klub rasmiy sayti «Liverpul» muxlislariga murojaat qilib, koronavirus pandemiyasi tufayli chorshanba kuni «Enfild» stadioni atrofida to‘planmaslikni so‘radi.
158   
Добавить комментарий
Ваше имя: *