Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » “Tottenhem” himoyachisi Serj Oryening ukasini o‘ldirgan shaxs o‘z aybiga iqror bo‘ldi

“Tottenhem” himoyachisi Serj Oryening ukasini o‘ldirgan shaxs o‘z aybiga iqror bo‘ldi

Автор: admin

“Tottenhem” himoyachisi Serj Oryening ukasi Kristofer Oryeni o‘ldirgan shaxs o‘z jinoyatni tan oldi, deya xabar bermoqda Franсe Bleu.
Qotillik 13-iyul, dushanba kuni tongda Tuluzadagi tungi klub yonida sodir bo‘lgan. Orye qornidagi jarohat bilan topilgan, yonida esa qurol bo‘lgan. Shundan so‘ng u kasalxonaga olib borilgan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qololmagan.
Manbaga ko‘ra, 14-iyul, seshanba kuni jinoyatchining o‘zi politsiya mahkamasiga kelib, qotillikni tan olgan. Hozirda u hibsga olingan.
Ma’lumot uchun, Kristofer Orye akasi singari, futbolchi edi. U Fransiyaning 5-divizionida to‘p surardi.
Serj Orye esa 2017-yilning yozida PSJdan londonliklar safiga kelib qo‘shilgandi. Uning “Tottenhem” bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsum 27 yoshli himoyachi jamoasining 39 o‘yinida qatnashib, ikkita gol va sakkizta golli uzatma muallifiga aylandi.
141   
Добавить комментарий
Ваше имя: *