Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Xosep Gvardiola APL rekordini o‘rnatdi

Xosep Gvardiola APL rekordini o‘rnatdi

Автор: admin

“Manchester Siti” Angliya Premyer Ligasi 36-turi doirasida o‘tkazilgan bahsda “Bornmut”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Ushbu g‘alaba “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola uchun APLdagi dastlabki 150 o‘yinda erishilgan 111-g‘alaba bo‘ldi.
Shu tariqa ispaniyalik mutaxassis Premyer Liga rekordini o‘rnatdi — u 150 ta o‘yinda boshqa murabbiylarga qaraganda 6 ta ko‘proq g‘alabani qo‘lga kiritgan.
Ikkinchi o‘rinda 105 ta g‘alaba bilan Joze Mourinyo (“Chelsi”, “Manchester Yunayted”, “Tottenhem”) bormoqda. Kuchli beshlikdan esa “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp (92), “Manchester Yunayted” sobiq murabbiyi Aleks Fergyuson (90) va “Liverpul” sobiq murabbiyi Kenni Dalglish (85) joy olgan.
Ma’lumot uchun, Gvardiola ingliz klubini 2016-yildan beri boshqarib keladi. Jamoa uning qo‘l ostida ikki bor (2017/18, 2018/19) Premyer Ligada g‘olib chiqqan.
166   
Добавить комментарий
Ваше имя: *