Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Sulsher: «Kubok yarimfinali oldidan «Chelsi» 48 soat ko‘proq dam olishi adolatdan emas»

Sulsher: «Kubok yarimfinali oldidan «Chelsi» 48 soat ko‘proq dam olishi adolatdan emas»

Автор: admin

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher «Chelsi»ga qarshi Angliya kubogi yarimfinali oldidan tuzilgan taqvimdan noroziligini bildirdi.
«Albatta, kubok yarimfinali oldidan «Chelsi»ning bizga nisbatan 48 soat ko‘proq dam olish imkoniyatiga ega bo‘lishi meni xavotirga soladi. Bu adolatdan emas. 
Biroq hozirda payshanba kungi «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yinimiz haqida ko‘proq o‘ylashim kerak. Kelayotgan ikki hafta biz uchun juda muhim. Bizni og‘ir uchrashuvlar kutib turibdi. Biroq jamoamizning yaxshi sport formasida ekanligi meni xursand qiladi. Ishonamanki, jamoa bilan maqsadlarimizga yetamiz.
O‘tgan yil yakuni bilan taqqoslaganda vaziyatimiz ancha yaxshi. Avvalgi mavsumda jarohatlar ko‘p edi, qolaversa biz jismoniy jihatdan yaxshi holatda emasdik. Biroq mavsum yakunida, o‘yinlar taqvimi zich joylashganda raqibing sendan 24 yoki 48 soat ko‘proq dam olishi xavotirga sabab bo‘ladi», - deydi «MYU» ustozi.
Ma’lumot uchun, «MYU» va «Chelsi» o‘rtasidagi Angliya kubogi yarimfinal bahsi 19 iyul kuni o‘tkaziladi. Ungacha Sulsher jamoasi 16 iyul kuni «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yinda maydonga tushadi. «Chelsi» esa 14 iyul kuni «Norvich» (1:0) bilan o‘yinni o‘tkazib, «MYU» bilan bahs oldidan ikki kun ko‘proq dam oladi.
192   
Добавить комментарий
Ваше имя: *