Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «MYU» «Inter»ga Aleksis Sanchesning narxini ma’lum qildi

«MYU» «Inter»ga Aleksis Sanchesning narxini ma’lum qildi

Автор: admin

"Manchester Yunayted" klubi mavsumni ijara asosida "Inter"da o‘tkazayotgan hujumchini Aleksis Sanchesni sotmoqchi.
"La Gazzetta dello Sport" tarqatgan xabarga ko‘ra, mankunianliklar chililik futbolchini 20 million yevroga baholashmoqda. Bu narxga "Inter" Aleksisni sotib olishi mumkin.
31 yoshli Sanches joriy mavsumda "Inter" safida barcha musobaqalar doirasida 23ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 8ta golga uzatma berdi. Uning "MYU" bilan shartnomasi 2022 yilgacha tuzilgan.
Manba: sports.ru
142   
Добавить комментарий
Ваше имя: *