Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
"Siti" qaytdi!

Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi “Napoli” himoyachisi Kalidu Kulibali bilan shartnoma imzolamoqchi.
Italiya nashrlarining ma’lum qilishicha, “shaharliklar” senegallik himoyachi uchun 67 million funt sterling taklif qilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Napoli” prezidenti De Laurentis himoyachini sotib yuborishga tayyor ekanligini rasman ma’lum qilgan edi, biroq Kulibalining o‘zi yangi shartnoma imzolashga tayyor ekanini yashirib o‘tirmayapti.

U qaytmoqda!

Ayni damda erkin agent maqomidagi Mario Manjukich faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
Bu haqida “Football Italia" nashri ma’lum qilmoqda. Manbada ma’lum qilinishicha, “Fiorentina” klubi xorvat bilan shartnoma imzolash niyatida.
Ma’lum bo‘lishicha, 34 yoshli hujumchiga ikki yillik shartnoma taklif qilinmoqda. Agar Mario o‘zini ko‘rsata olsa, bu shartnoma avtomatik ravishda yana bir yilga cho‘zilishi mumkin.

Boateng qoladimi?

Myunhenning “Bavariya”klubi himoyachisi Jerom Boateng yozda hech qayerga ketmaydi!
Bu haqida "Kicker" nashri ma’lum qilmoqda. Manbaning ma’lum qilishicha, Xans Flik 31 yoshli Boatengning o‘yinidan to‘liq qoniqish hosil qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Jerom va “Bavariya” o‘rtasidagi shartnoma kelasi yilning yozida o‘z yakuniga yetadi.

Sarr “Arsenal”da?!

Londonning “Arsenal” jamoasi ayni damda erkin agent maqomini qo‘lga kiritgan Malang Sarr bilan muzokaralar olib bormoqda.
“Goal" nashrining ma’lum qilishicha, 21 yoshli himoyachi maoshi borasida kelishuvga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, Sarr bilan shuningdek “Inter” va “Ayntraxt” jamoalari jiddiy qiziqib qolgan.

“Manchester Yunayted”dan g‘alati yurish

Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi erkin agentga aylangan Jeff Hendrikni o‘z safiga qo‘shib olish borasida bosh qotirmoqda.
“Football Insider"ning ma’lum qilishicha, 28 yoshli yarim himoyachining hizmatlari bilan One-Gunnar Sulsher jiddiy qiziqib qolgan.
“Bernli” jamoasidagi o‘yinlari bilan APL muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan irlandiyalik futbolchi “qizil iblislar” safiga o‘tish ishtiyoqida yonmoqda.
205   
Добавить комментарий
Ваше имя: *