Goal24.uz » Video lavhalar » Tanishing! 17 yoshli "yangi Ronaldu". Unga 15 ta jamoa qiziqmoqda (VIDEO)

Tanishing! 17 yoshli "yangi Ronaldu". Unga 15 ta jamoa qiziqmoqda (VIDEO)

Автор: admin

Yevropaning eng yaxshi 15 klubi Serbiya matbuoti Krishtianu Ronalduga taqqoslayotgan 17 yoshli vingerning transferini ko‘rib chiqmoqda. Gap Filipp Stevanovich haqida ketmoqda.
ENG KUCHLI DA’VOGARLAR
Futbolchiga "Manchester Yunayted", "Real", "Barsa", "Liverpul", "Bavariya", "Chelsi", "Yuventus", "Manchester Siti", "Milan", "Borussiya Dortmund", "Inter", "Leypsig", "Benfika", "Atletiko" va "Atalanta" da’vogar. OAV xabar berishicha, yosh futbolchining vakillari bilan bir necha bor bog‘lanishgan. "Olti oy oldin unga 10 million yevrodan ko‘proq mablag‘ taklif qilingan edi. Endi bu katta pulni olish oson bo‘lmaydi, ammo barchasi Filippga bog‘liq. U o‘zining kuzdagi darajasiga qaytishi kerak", – dedi "Partizan" bosh murabbiyi Savo Milosevich aprelda pandemiyaning transfer bozoriga ta’sirini tahlil qilar ekan.
HAMMASI JOYIDA – U GOLLAR URMOQDA
Belgrad klubining amaldorlari yengil nafas olishlari mumkin. Stevanovich karantindan keyin Serbiya Superligasining 7 turida 4 ta gol urdi. U juda yosh bo‘lishiga qaramay, chempionatda eng ko‘zga ko‘ringan shaxs. Bo‘lajak transfer vaqt masalasiga o‘xshaydi. Shartnomasi 2022 yilgacha amalda bo‘lgan "yangi Ronaldu" shu yozda foydali transferga aylanishga harakat qiladi. Hujumchining maqsadi – klubga imkon qadar ko‘proq yordam berish uchun gol urishda davom etish. "Partizan" o‘z tarbiyalanuvchilarini sotishdan qochadi, odatda, xususan, Stevanovich ham jamoaning xazinasi. Transfermarkt ixtisoslashgan portali uni 8 million yevroga baholadi – bu Serbiya chempionatidagi eng qimmat va dunyodagi 17-serbiyalik o‘yinchidir!
BIR ZINADAN IKKINCHI ZINAGA

Endi raqamlarga e’tibor bersak. Stevanovich 2019/20 yilgi mavsumda 9 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi, vaholanki, ushbu mavsumga qadar yuqori saviyada atigi to‘rtta o‘yin o‘tkazgan. U 2012 yilda "Partizan" akademiyasiga o‘qishga kirgan va uch yildan so‘ng "Srvena Zvezda" U-13 ga qarshi derbining qahramonlaridan biri bo‘lgan. "Partizan"ning o‘smirlar jamoasi asosiy raqibini 7:1 hisobida mag‘lub etdi. Stevanovich dublni amalga oshirdi – o‘shandan beri jamoa unga yanada ishonch bilan ergasha boshladi. OAV "Partizan" akademiyasida aql bovar qilmaydigan qobiliyat egasi haqida yoza boshladi.
14 yoshida Stevanovich Belgradga ko‘chib o‘tdi. U o‘zining Ariliya shahrida bir hafta yashadi va dam olish kunlari "Partizan"da o‘ynash uchun har ikki yo‘nalishda 360 mil masofani bosib o‘tdi. Oradan 12 oy o‘tgach, baquvvat yigitchani bazada mashg‘ulotlarga taklif qilishdi. 2018 yilning kuzida, u endigina 16 yoshga to‘lganida, "Rad" klubiga qarshi duyelda (3:0) 8 daqiqa vaqt sarfladi. "Tuyg‘ularimni tasvirlash men uchun qiyin. Men "Partizan" tizimida tarbiyalanganman. Bu klub sharafini himoya qilish men uchun katta baxt", – degandi o‘shanda futbolchi.
RONALDU EMAS, RONALDINYO

2019 yil 1 avgustda bizning qahramonimiz Uelsning "Konnaxs-Kuey Nomads" (Evropa Ligasi kvalifikasiyasi)ga qarshi o‘yinda to‘p kiritib, Yevropa musobaqalari tarixini qayta yozdi. Filipp barcha Yevropa musobaqalaridagi eng yosh to‘purarga aylandi (16 yosh va 311 kun).
Hech qanday muammosiz markaziy hujumchi sifatida o‘ynay oladigan Stevanovichning xilma-xilligi Krishtianu bilan taqqoslashning asosiy sababidir. Biroq, futbolchining o‘zi boshqa bir futbolchiga – afsonaviy braziliyalik Ronaldinyoga muhabbatini tan oladi. "Ronaldu mening eng yaxshi ko‘rgan ijrochim emas, lekin men unga o‘xshashga astoydil harakat qilaman. Hamma yoshlar Krishtianuga taqlid qilishlari kerak. Mening elementim driblingda. Krishtianu ajoyib, lekin u driblingchi emas. Ronaldinyo o‘ziga xos edi. Albatta, men ham shunday bo‘lishni istardim», deydi Filipp bu haqda gapirar ekan.
Serbiya kubogi finalida "Voyvodina"ga boy berilgan o‘yinda Stevanovich birinchi bo‘lim o‘rtalarida Lazar Markovichning o‘rniga maydonga tushdi. 17 yoshli o‘spirin maydonga tushgunga qadar "Partizan" 0:2 hisobida yutqazayotgan edi. O‘yinning 81-daqiqasida Filippning samarali zarbasi o‘yinga intrigani qaytardi. "Partizan" o‘yin yakunlanishiga qadar (90+6) hisobni tenglashtirdi. Qo‘shimcha taymlarda hisob o‘zgarmagach, penaltilar seriyasi bo‘lib o‘tdi. Unda afsonaviy Miloshevichning jamoasi yutqazdi.

Ayni damda Filipp Stevanovich koronavirus pandemiyasi fonida e’tibordan chetda qoldi. Ammo biz sanab o‘tgan yuqoridagi 15 klub unga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotmagan. Ajabmas, serbiyalik futbolchi "yangi Ronaldu" nomini oqlasa.
741   
Добавить комментарий
Ваше имя: *