Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » La Liga. “Real” Ispaniya chempioniga aylandi, “Barselona” o‘z uyida mag‘lub bo‘ldi

La Liga. “Real” Ispaniya chempioniga aylandi, “Barselona” o‘z uyida mag‘lub bo‘ldi

Автор: admin

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 37-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 16-iyul, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Barcha o‘yinlar parallel ravishda o‘tkazildi.
“Barselona” jamoasi “Osasuna”ni mehmon qildi. Dastlab mehmonlar 15-daqiqada Arnaisning kiritgan to‘pidan keyin oldinga o‘tib oldi. 62-daqiqada Lionel Messi jarima zarbasidan chiroyli gol urib, muvozanatni tikladi. 77-daqiqada Galyegoning qo‘pol harakatidan keyin mehmonlar bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi. Biroq o‘yin yakunlanishi arafasida “Osasuna” yana bir gol urib, g‘alabani ilib ketdi.
Madridning “Real” klubi o‘z uyida “Vilyarreal”ni qabul qildi. Uchrashuvning 29-daqiqasida Karim Benzema madridliklarning tezkor qarshi hujumini gol bilan yakunladi. 77-daqiqada fransiyalik futbolchi penaltini aniq bajarib, dublini nishonladi. 83-daqiqada mehmonlar Iborraning golidan keyin hisobni qisqartirdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.
Shu tariqa Zinedin Zidan boshchiligidagi “Real” ochkolarini 86 taga yetkazgan holda musobaqa tugashiga bir tur qolganida chempionlik masalasini hal qildi. “Barselona” (79) esa ikkinchi o‘rin bilan cheklandi.
Parallel kechgan bahslarda “Atletiko” safarda “Xetafe”ni ishonchli hisobda taslim etgan bo‘lsa, “Sevilya” San-Sebastyanda “Real Sosyedad” bilan murosa yo‘lini tanladi.
La Liga
37-tur bahslari
16-iyul, payshanba

“Real Madrid” – “Vilyarreal” 2:1

Gollar: 1:0 – 29 Benzema, 2:0 – 77, penalti Benzema, 2:1 – 83 Iborra.
“Real Madrid”: Kurtua, Ramos, Mendi, Varan, Karvaxal (Vaskes, 84), Kazemiro, Modrich (Isko, 85), Azar (Asensio, 62), Kroos (Valverde, 85), Rodrigo (Vinisius Junior, 62), Benzema.
“Vilyarreal”: Asenxo, Pau Torres, Kintilya, Shakla, Penya (Soriano, 46), Moyses Gomes (Kasorla, 63), Zambo-Angissa (Trigeros, 82), Morlanes (Iborra, 63), Chukvueze (Ontiveros, 46), Mario Gaspar, Xerar Moreno.
Ogohlantirishlar: Shakla (18), Karvaxal (54), Modrich (62), Kintilya (68), Isko (86).

“Barselona” – “Osasuna” 1:2

Gollar: 0:1 – 15 Arnais, 1:1 – 62 Messi, 1:2 – 90 Roberto Torres.
“Barselona”: ter Shtegen, Firpo (Alba, 79), Semedu (Vidal, 59), Langle, Serxi Roberto, Rakitich (Buskets, 67), Puch (de Yong, 79), Fati, Pike, Messi, Breytueyt (Suares, 59).
“Osasuna”: Errera, Navas, David Garsiya, Vidal, Aridane, Brashanats (Oyer Sanxurxo, 46), Inyigo Peres, Arnais (Galyego, 71), Monkayola (Roberto Torres, 85), Estupinyan (Toni Lato, 90), Adrian (Barxa, 70).
Ogohlantirishlar: Semedu (54), Rakitich (57), Estupinyan (63), Pike (69), Firpo (75).
Chetlatish: Galyego (77).

“Eybar” – “Valyadolid” 3:1

Gollar: 1:0 – 21 Bigas, 2:0 – 28 Inui, 2:1 – 71 Gvardiola, 3:1 – 90, penalti De Blasis.

“Real Sosyedad” – “Sevilya” 0:0

“Valensiya” – “Espanyol” 1:0

Gol: 1:0 – 17 Gameyro.

“Malyorka” – “Granada” 1:3

Gollar: 1:0 – 20 Ernandes, 1:1 – 45 Dias, 1:2 – 69 Fernandes, 1:3 – 90 Puertas.

“Xetafe” – “Atletiko” 0:2

Gollar: 0:1 – 54 Lorente, 0:2 – 80 Tomas.

“Selta” – “Levante” 2:3

Gollar: 0:1 – 11 Bardi, 0:2 – 28 Bardi, 1:2 – 36 Santi Mina, 2:2 – 45 Aspas, 2:3 – 52 Mayoral.

“Betis” – “Alaves” 1:2

Gollar: 0:1 – 51 Xoselu, 0:2 – 76 Eli, 1:2 – 90 Moron.

“Atletik” – “Leganes” 0:2

Gollar: 0:1 – 79 Gerrero, 0:2 – 90 Assale.
160   
Добавить комментарий
Ваше имя: *