Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Ramos va Marselo «Real» tarixidagi eng sovrindor futbolchilarga aylanishdi

Ramos va Marselo «Real» tarixidagi eng sovrindor futbolchilarga aylanishdi

Автор: admin

«Real» klubi himoyachilari Serxio Ramos va Marselo La Ligadagi g‘oliblik bilan hisob bo‘yicha Madrid klubi safidagi 22-sovrinni qo‘lga kiritishdi.
Bu bilan har ikki futbolchi «qirollik klubi» tarixidagi eng sovrindor futbolchilarga aylanishdi. Marselo va Ramos madridliklar bilan birga 5 karra La Liga chempionligi, 4 karra Chempionlar ligasi g‘olibligi, 2 karra Ispaniya kubogi va 4 karra Ispaniya Superkubogi sohibiga aylanishdi. Shuningdek, ular hisobida 3 marta UEFA Superkubogi va 4 karra klublar o‘rtasidagi jahon chempionligi ham mavjud.
«Real» La Liga 37-turida «Vilyarreal»ni (2:1) mag‘lub etib, Primera tarixida 34 karra Ispaniya chempioniga aylandi. So‘nggi marta Madrid klubi 2016/2017 yilgi mavsumda chempionlikni nishonlagandi.
141   
Добавить комментарий
Ваше имя: *