Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » De Xea «MYU» afsonaviy darvozaboni Shmeyxel rekordini takrorladi

De Xea «MYU» afsonaviy darvozaboni Shmeyxel rekordini takrorladi

Автор: admin

«Manchester Yunayted» posboni David De Xea APL 36-turi doirasidagi «Kristal Pelas»ga (2:0) qarshi g‘alabali o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Ushbu o‘yin ispaniyalik darvozabon uchun «MYU» safidagi Angliya Premer-ligasida 112-nolga o‘ynalgan bahsga aylandi. «Quruq» o‘yinlar soni bo‘yicha De Xea «MYU»ning afsonaviy sobiq posboni Peter Shmeyxel natijasini takrorladi.
Daniyalik posbon ushbu natijaga erishish uchun «Yunayted» safida 252ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, ispaniyalik golkiper uchun 311ta uchrashuv kerak bo‘ldi.
Darvoza daxlsizligi saqlab qolingan o‘yinlar soni bo‘yicha 3-o‘rindan Edvin van der Sar joy olgan bo‘lib, niderlandiyalik sobiq posbon 186 o‘yindan 90tasida darvozasidan to‘p o‘tkazib yubormagan.
Ma’lumot uchun, David De Xea joriy mavsumda APL doirasidagi barcha 36 o‘yinda maydonga tushib, jami 35ta gol o‘tkazib yuborgan. Bu borada «MYU»dan faqatgina «Liverpul» yaxshiroq ko‘rsatkich qayd etgan – 29ta gol.
137   
Добавить комментарий
Ваше имя: *