Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Real»ning chempionligi «Chelsi»ga 15 million funt foyda keltirdi

«Real»ning chempionligi «Chelsi»ga 15 million funt foyda keltirdi

Автор: admin

«Real» klubining Ispaniya La Ligasida chempionlikka erishgani Londonning «Chelsi» klubiga daromad keltirdi, deya xabar bermoqda ESPN.
Manbaning yozishicha, 2019 yilda Eden Azar «Real» klubiga o‘tayotganida «Chelsi» bilan transfer kelishuvida Madrid klubi La Liga chempionligini qo‘lga kiritgan taqdirda London jamoasiga 10-15 million funt miqdoridagi qo‘shimcha bonuslar to‘lashi haqida band kiritilgan. 
Belgiyalik futbolchi uchun «Chelsi»ga bonuslar bilan hisoblaganda jami 130 million funt transfer puli to‘lanishi kerak bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Azar joriy mavsumda La Liga o‘yinlarida 16 o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va 6ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Eden jarohati bois mavsumning katta qismini o‘tkazib yubordi.
112   
Добавить комментарий
Ваше имя: *