Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Peres: «Benzema «Oltin to‘p»ni olishi kerak. Ushbu mavsumda undan yaxshiroq o‘yinchi yo‘q edi»

Peres: «Benzema «Oltin to‘p»ni olishi kerak. Ushbu mavsumda undan yaxshiroq o‘yinchi yo‘q edi»

Автор: admin

«Real» prezidenti Florentino Peres jamoa hujumchisi Karim Benzemaning joriy mavsumda ko‘rsatgan o‘yinini yuqori baholadi. 
«Benzema «Oltin to‘p»ni olishi kerak. Ushbu mavsumda undan yaxshiroq o‘ynagan futbolchi yo‘q edi», - deya Peresning so‘zlarini keltirmoqda Eurosport.
«Real»ning Ispaniya chempionati tarixidagi 34-chempionligi bilan yakunlangan 37-tur bahslaridan keyin Karim Benzema La Ligada 36 o‘yinda maydonga tushib, 21ta gol va 8ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Fransiyalik hujumchi 21ta gol bilan to‘purarlar ro‘yxatida Messidan (23) keyingi pog‘onada bormoqda.
114   
Добавить комментарий
Ваше имя: *