Goal24.uz » O'zbekiston » Shahboz Umarov BATE bilan shartnoma imzoladi

Shahboz Umarov BATE bilan shartnoma imzoladi

Автор: admin

«Energetik-BGU»ning o‘zbekistonlik yarimhimoyachisi Shahboz Umarov BATE klubi safiga o‘tdi.
Klub rasmiy saytining qayd etishicha, hamyurtimiz yozgi transfer oynasining ikkinchi qismida (15-28 sentyabr) BATE safiga borib qo‘shiladi va Yevropa ligasining yangi mavsumida to‘p surish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Agar BATE bu opsiyani faollashtirmasa, Umarov yangi jamoasi safida faqatgina 2021 yilning yanvar oyidan to‘p surish imkoniyatini qo‘lga kiritardi. 
Shahboz Umarov Belarus Oliy ligasi joriy mavsumida «Energetik-BGU» safida 17 o‘yinda maydonga tushib, 2ta golga mualliflik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli futbolchi yangi mavsum oldidan Jasur Yaxshiboyev bilan birga «Energetik-BGU» safiga kelib qo‘shilgan edi. Avvalroq Yaxshiboyev Soligorskning «Shaxtyor» klubiga o‘tgandi.
148   
Добавить комментарий
Ваше имя: *