Goal24.uz » O'zbekiston » «Bunyodkor» Jaloliddinovning transferidan qancha ishlashi ma’lum bo‘ldi

«Bunyodkor» Jaloliddinovning transferidan qancha ishlashi ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

Toshkentning «Bunyodkor» klubi 18 yoshli futbolchisi Jasur Jaloliddinovni Moskvaning «Lokomotiv» klubiga transfer qilishga yaqin turibdi. Bu haqda klub bosh direktori Ulug‘bek Mirzayev Kun.uz'ga bergan intervyusida aytgan.
Ma’lum bo‘lishicha, «Bunyodkor» 2002 yilda tug‘ilgan futbolchisining «Lokomotiv»ga transferidan 350 ming yevro ishlab olishi kutilmoqda. Shuningdek, Jaloliddinovga Turkiyaning «Beshiktosh» klubi ham rasmiy taklif bilan chiqqan.
«Jasur Jaloliddinov transferi bo‘yicha Moskvaning «Lokomotiv» klubi bilan muzokaralar davom etayapti. Futbolchimiz ushbu klubga o‘tish ehtimoli katta. Muzokaralarning so‘nggi bosqichi davom etmoqda.
Jasurga Turkiyaning «Beshiktosh» klubidan ham rasmiy taklif bo‘ldi. Shuningdek, taklif bo‘lmasa-da, Belgiyaning «Anderlext» klubidan, Moldovaning yetakchi klublaridan, Ispaniya va BAA jamoalaridan qiziqish mavjud. Ammo ulardan faqat og‘zaki murojaat bo‘ldi, rasmiy taklifni esa «Lokomotiv» Moskva hamda «Beshiktosh»dan oldik.
Jasurning o‘zi «Lokomotiv»da to‘p surishni xohlaydi, shuning uchun hozirda Rossiya klubi bilan muzokara olib boryapmiz. Barchasi tez orada hal bo‘ladi. Transfer narxini yashirib o‘tirmayman. Bugungi kunda «Lokomotiv» klubi Jasur Jaloliddinovning transfer huquqini umumiy 350 ming yevro evaziga sotib olayapti», degan Mirzayev.
Avvalroq Kun.uz bilan intervyuda Jasur Jaloliddinovning o‘zi ham «Lokomotiv»ga o‘tishga tayyorligini, transfer tafsilotlarini u rasman amalga oshgach, bo‘lishishini aytgandi.
190   
Добавить комментарий
Ваше имя: *