Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Florentino Peres: «Yozda «Real»dan shov-shuvli transferlar kutmang. Vaziyat juda ham yomon»

Florentino Peres: «Yozda «Real»dan shov-shuvli transferlar kutmang. Vaziyat juda ham yomon»

Автор: admin

«Real» klubi prezidenti Florentino Peres yozgi transfer oynasida Madrid jamoasi shov-shuvli transferlarga qo‘l urmasligini ma’lum qildi.
73 yoshli klub rahbarining so‘zlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi sababli yuzaga kelgan moliyaviy yo‘qotishlar tufayli klub yangi futbolchilar uchun katta mablag‘ sarflay olmaydi. 
«Yozgi transfer oynasida «Real»dan shov-shuvli transferlarni kutmang. Vaziyat juda ham yomon. Klubga yordam bo‘lishi uchun futbolchilardan maoshlarini qisqartirishni so‘rab turib, yangi transferga qo‘l urish noto‘g‘ri bo‘ladi. Shoshayotganimiz yo‘q, transferlar kutib turadi. Vaziyat o‘zgarishni boshlasa, «Real» yana eng yaxshi futbolchilarni sotib olishni boshlaydi», - deya Peresning so‘zlarini keltirmoqda Onda Cero.
Oldinroq, «Real» 2021 yilgi yozgi transfer oynasida «Pari Sen-Jermen» hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olish uchun bu yilga transfer bozorida faol bo‘lmasligi haqida xabar berilgandi.
190   
Добавить комментарий
Ваше имя: *