Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Iker Kasilyas «Real»ga qaytadi

Iker Kasilyas «Real»ga qaytadi

Автор: admin

«Real»ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyas yana qadrdon klubiga qaytadi.
39 yoshli ispaniyalik madridliklar prezidenti Florentino Peresning maslahatchisi bo‘ladi, deb xabar berdi Marca.
Kasilyas — «Real» tarbiyalanuvchisidir. U madridliklar tarkibida 1999-2015 yillar davomida o‘ynadi. So‘nggi 5 yilni esa Portugaliyaning «Portu» klubida o‘tkazdi.
2019 yil may oyida Kasilyas «Portu»ning qarorgohida infarktni boshidan o‘tkazdi. Shundan so‘ng professional darajadagi o‘yinlarda ishtirok etmadi. Qishda uning futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida xabarlar tarqalgan edi.
161   
Добавить комментарий
Ваше имя: *