Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Lids» 16 yil o‘tib, Premer-ligaga qaytdi

«Lids» 16 yil o‘tib, Premer-ligaga qaytdi

Автор: admin

Chempionshipning 45-turida «Vest Bromvich» «Haddersfild»ga (1:2) mag‘lubiyatga uchragach, Angliya Premer-ligasiga yo‘llanma olgan dastlabki klub nomi ma’lum bo‘ldi.
Turnir yakuniga bir tur qolganida Slaven Bilich boshqaruvidagi «Vest Bromvich» 82 ochko bilan 2-o‘rindan joy olgan. Marselo Belsa boshqaruvidagi peshqadam «Lids» esa 44 o‘yinda 87 ochko to‘plagan. Chempionshipdagi dastlabki ikki o‘rin sohibi Angliya Premer-ligasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olishini inobatga olsak, «Lids» amalda APL yo‘llanmasini rasmiylashtirgan sanaladi.
Eslatib o‘tamiz, «Lids» so‘nggi bor 2003/04 yilgi mavsumda Angliya Premer-ligasida ishtirok etib, yakunda quyi divizionga tushib ketgan edi. 
Ma’lumot uchun, APLning navbatdagi ikki yo‘llanmasiga «Vest Bromvich», «Brentford» va «Fulhem» klublari da’vogarlik qilishmoqda.
142   
Добавить комментарий
Ваше имя: *