Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona» prezidentligiga nomzod: «Barsa» «Milan» yoki «MYU» taqdirini takrorlash xavfi ostida»

«Barselona» prezidentligiga nomzod: «Barsa» «Milan» yoki «MYU» taqdirini takrorlash xavfi ostida»

Автор: admin

«Barselona» klubi prezidentligiga nomzod Viktor Fontning aytishicha, klubda jiddiy o‘zgarishlar qilinishi shart.
«So‘nggi yillarda klublar o‘rtasidagi raqobat yanada professionallashdi. APL klublari qay daraja boshqarilayotganligini ko‘rib turibsiz, qolaversa bir qator davlatlar klublarga egalik qilib, boshqa klublarning imkoniyati cheklangan paytda ham katta pullarni tikishmoqda. Agarda biz qilishimiz shart bo‘lgan ishlarni amalda bajarmasak, «Barselona» «Milan» yoki «Manchester Yunayted» taqdirini takrorlashi xavfi ostida qoladi», - deya Fontning so‘zlarini keltirmoqda BBC.
Ma’lumot uchun, «Barselona» so‘nggi turda «Osasuna»ga mag‘lub bo‘lgach, Messi jamoa holati va o‘yinini tanqid qilgandi. Klub bu mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritgan «Real»dan 7 ochko ortda qolmoqda.
133   
Добавить комментарий
Ваше имя: *