Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Gvardiolaga Rosi kerak

Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi tez orada Fernandinoning o‘rnini bosishga qodir yarim himoyachi izlamoqda.
“Globe Esport" nashrining ma’lum bo‘lishicha, “Siti” nishonida “Gremio”ning 17 yoshli yarim himoyachisi Diyego Rosi turibdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, shaxsan Gvardiolaning o‘zi “Gremio” futbolchisini jamoada ko‘rishni istamoqda. Braziliya klubi o‘z vunderkindini 10 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.

Roxoga da’vogar bor

Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi himoyachisi Markos Roxo faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.
“Le10sport" nashrining ma’lum qilishicha, “qizil iblislar” argentinalik futbolchini sotib yuborishga tayyor. Shu sababli “Marsel” bu vaziyatdan unumli foydalanib qolmoqchi.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Marsel” Roxo uchun 8 million yevro taklif qilgan.

Said nishonda

“Brentford” jamoasi yarim himoyachisi Said Benraxma grand klublardan birida ko‘rinish berishi mumkin.
“RMC”ning ma’lum qilishicha, 24 yoshli jazoirlik futbolchi uchun kurashda “Arsenal” va “Chelsi” klublari jiddiy kurash olib bormoqda. Shuningdek, “Lester”ham “Brentford”ga taklif yuborgan.  
Manbaning ma’lum qilishicha, agar “Brentford” APLga yo‘l olsa, jamoa o‘z futbolchisini sotmaydi.

“Tottenhem”dan o‘zgacha yurish

Angliyaning “Tottenhem” klubi yozdagi ilk transferini amalga oshirishga juda yaqin turibdi.
“Taem Talk"ning ma’lum qilishicha, “shporlar” “Beyjing Goan” klubi himoyachisi Kim Min Chje bilan shartnoma imzolashga juda yaqin turibdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, bu transferni amalga oshirishda Son Xin Min katta rol ijro etmoqda.

“Real” hujumchisi qayerga yo‘l oladi?

Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Borxa Mayoral yaqin kunlar ichida “Levante”dagi ijara muddatini yakunlab “Rel” safiga qaytadi.
TMW nashrining ma’lum qilishicha, Madrid klubi Borxani sotib yubormoqchi. 23 yoshli hujumchining o‘zi ham jamoani tark etish niyatida.
Manbaning ma’lum qilishicha, “qirollik klubi” forvordi bilan “Lasio”, “Valensiya” singari klublar qiziqish bildirmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, “Real” bu transferdan 3,5 million yevro daromad olmoqda.

Ryudiger ketadimi?

Angliyaning “Chelsi” jamoasi himoyachisi Antonio Ryudiger boshqa jamoaga o‘tishi mumkin.
“Daily Mail" nashrining ma’lum bo‘lishicha, “aristokratlar” nemis futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Shu sababali, u borasidagi barcha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Chelsi” 20-30 million atrofidagi takliflar evaziga Ryudiger bilan xayrlashishga tayyor.
264   
Добавить комментарий
Ваше имя: *