Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Barselona” muxlislari sabr qilishlariga to‘g‘ri keladi: Kike Setyen mavsum so‘ngiga qadar klubda qoladigan bo‘ldi

“Barselona” muxlislari sabr qilishlariga to‘g‘ri keladi: Kike Setyen mavsum so‘ngiga qadar klubda qoladigan bo‘ldi

Автор: admin

Kataloniyaning “Barselona” klubi prezidenti Xosep Bartomeu jamoa bosh murabbiy Kike Setyen bilan favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi, deya xabar beradi Diario Sport.
Rahbariyat La Liga chempionligi boy berilganiga qaramay, 61 yoshli mutaxassisni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ma’lum qilgan.
Katalon klubi joriy mavsum so‘nggigacha Setyenni ishdan bo‘shatmoqchi emas, mutaxassis Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan “Napoli”ga qarshi javob bahsida ham jamoani boshqaradi.
Vaziyat faqatgina Setyenning o‘zi ketishga qaror qilgan taqdirda o‘zgarishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” musobaqa (Ispaniya chempionati) yakunlanishiga 1 tur qolganida, chempionlikni qo‘lga kiritish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.
133   
Добавить комментарий
Ваше имя: *