Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » “Manchester Yunayted” chempion bo‘lish uchun uchta super transferni amalga oshirishi shart

“Manchester Yunayted” chempion bo‘lish uchun uchta super transferni amalga oshirishi shart

Автор: admin

Ularni Sulsher topishi kerak
“Manchester Yunayted” tarkibida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan Rayan Giggz sobiq jamoadoshi Sulsher APLda muvaffaqiyat qozonishi uchun unga uchta zo‘r futbolchi kerakligini aytdi-yu, lekin bu o‘yinchilarning nomini sir tutdi.
MYu “Lierpul” va “Manchester Siti” darajasiga etishi uchun uchta transferni amalga oshirish kerak. Sulsher transfer bozorida juda zo‘r futbolchilarni topayotgani odamga umid bag‘ishlamoqda. Xususan, Brunu Fernandesh yaqinda kelganiga qaramay, etakchiga aylandi. “Maguayr sardorlik vazifasini yaxshi uddalamoqda. Eng muhimi, kuchli futbolchi topish emas, ularni jamoa o‘yiniga kirishib ketishini ta’minlash. Sulsher ana shunday o‘yinchilarni topa oladi. “Manchester Yunayted” to‘g‘ri yo‘ldan bormoqda, - dedi Rayan Giggz.
Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashayotgan “Manchester Yunayted”  transferlar vaqtida himoyachi, yarim himoyachi va hujumchi olishga harakat qiladi. Xususan, manchesterliklar “Borussiya” vakili Jeydon Sancho transferini ijoyuiy hal qilish ostonasida turibdi.
137   
Добавить комментарий
Ваше имя: *