Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Lempard VAR haqida: «MYU»ga biroz yon bosilayapti»

Lempard VAR haqida: «MYU»ga biroz yon bosilayapti»

Автор: admin

«Chelsi» bosh murabbiyi Frenk Lempard Angliya kubogi yarimfinali doirasidagi «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yin oldidan VAR tizimi haqida gapirib o‘tdi.
«Bu tizim muxlislarning ta’siri yoki bosimlari ostida top-klublarga yon bosishlarga chek qo‘yadi, deb aytilgandi. Shu bois VAR tizimi avvalgi holatni o‘zgartirish uchun joriy qilingan edi. Bu alohida klublarga yon bosilishini oldini olib, eng avvalo to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga yordam berishi kerak.
Biroq VARda ham insoniy faktorni cheklab bo‘lmayapti. Sababi qarorlarni baribir o‘sha yerdagi odamlar qabul qilishadi. Misol uchun, payshanba kungi o‘yin («Kristal Pelas» - «MYU» 0:2). O‘sha bahsda yaqqol vaziyat yuz berib, hakamlar tomonidan noto‘g‘ri qaror qabul qilindi. Eng qizig‘i buni VAR orqali hattoki qaytadan ko‘rib chiqishmadi. 
Eng yomoni shunga o‘xshash bee’tibor qoldirilgan vaziyatlar kam uchrayotgani yo‘q. Bu g‘alati. VAR bilan barchamiz teng holatda bo‘lamiz, deb o‘ylagandim. To‘g‘ri, nimadir senga qarshi borishi mumkin, qaysidir vaziyatda esa raqibga qarshi. Biroq hozirgi vaziyatdan ko‘rinayaptiki, «Manchester Yunayted»ga ozroq yon bosilayotgandek. Bu safargi o‘yinimizda VAR ko‘proq bizga yordam bersa zo‘r bo‘lardi», – deya Lempardning so‘zlarini keltirmoqda Goal.
Ma’lumot uchun, «Chelsi» va «MYU» o‘rtasidagi Angliya kubogi yarimfinal uchrashuvi 19 iyul, yakshanba kuni o‘tkaziladi.
114   
Добавить комментарий
Ваше имя: *