Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Zidan: «Real»dagi kelajagim haqida bilmayman»

Zidan: «Real»dagi kelajagim haqida bilmayman»

Автор: admin

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoadagi kelajagi haqida gapirdi.
Ma’lumot uchun, fransiyalik mutaxassisning «qirollik klubi» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha mo‘ljallangan.
«Kelasi mavsum nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Ayni paytda jamoa bilan shartnomam bor. Menga bu yer yoqadi, ammo futbolda ertaga nima bo‘lishini hech qachon bilmaysiz. Shunchaki kundan kunga o‘tish kerak. 
Meni oldinda nima kutayotganini bilmayman», – deb Zidanning so‘zlarini keltiradi Marca.
Eslatib o‘tamiz, Madrid klubi 2019/20 yilgi mavsumda muddatidan avval Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi.
138   
Добавить комментарий
Ваше имя: *