Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » Manba: «Spartak»ning mavsum oralig‘idagi dastlabki transferi Oston O‘runov bo‘ladi

Manba: «Spartak»ning mavsum oralig‘idagi dastlabki transferi Oston O‘runov bo‘ladi

Автор: admin

Moskvaning «Spartak» jamoasi «Ufa» klubining o‘zbekistonlik yarimhimoyachisi Oston O‘runov transferini hal qilishga yaqin turibdi.
Russian.rt.com saytining «Metaratings»’ga tayanib xabar tarqatishicha, Oston O‘runov «Spartak» klubining yozgi transfer oynasidagi dastlabki transferiga aylanadi. Qayd etilishicha, klublar o‘rtasida futbolchining narxi masalasida bir to‘xtamga kelish qolgan. «Ufa» sobiq rahbari Shamil Gazizov ayni damda «Spartak» bosh direktori sifatida faoliyat olib borayotgani bu ishni osonlashtiradi.
Ma’lumot uchun, 19 yoshli O‘runov fevral oyida Toshkentning «Lokomotiv» klubidan «Ufa» safiga kelib qo‘shilib, 5 oy davomida 10ta o‘yinda maydonga tushib, ufaliklarning yetakchilaridan biriga aylanishga ulgurdi. 
Ostonga shuningdek, «Zenit» va «Krasnodar» klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar berilgandi.
152   
Добавить комментарий
Ваше имя: *