Goal24.uz » O'zbekiston » Yuriy Belous: «Lokomotiv» Jaloliddinov transferi bo‘yicha «Bunyodkor» bilan kelishuvga erishdi. Jasur Joao Mariodan kuchliroq bo‘ladi»

Yuriy Belous: «Lokomotiv» Jaloliddinov transferi bo‘yicha «Bunyodkor» bilan kelishuvga erishdi. Jasur Joao Mariodan kuchliroq bo‘ladi»

Автор: admin

O‘zbekistonlik 18 yoshli yarimhimoyachi Jasur Jaloliddinovning agenti sanalmish rossiyalik mutaxassis Yuriy Belous «Match TV» telekanaliga intervyu berib, futbolchining «Bunyodkor»dan «Lokomotiv»ga o‘tayotganini tasdiqladi.
«Chindanam, «Lokomotiv» va «Bunyodkor» klublari transfer borasida kelishuvga erishishdi. Bu futbolchi o‘z tengqurlari orasidagi 18 yoshli eng iqtidorli futbolchi sanaladi. U Osiyoning 5 nafar eng yaxshi yosh futbolchilari safidan joy olgan. The Guardian tahlilchilariga ko‘ra u o‘z yoshi toifasidagi jahonning eng yaxshi 60 nafar futbolchisidan biri. Uni juda yaxshi futbolchi, deya olaman.
- Jaloliddinov «Lokomotiv» asosiy tarkibi uchunmi yoki farm-klub sanalmish «Kazanka» uchun?
- Fikrimcha, bu futbolchi Joao Mariodan ham kuchliroq o‘yinchi bo‘ladi.
- Shu darajadami?
- Albatta. Aminmanki, Jasur «Lokomotiv»ning yaqin yillardagi o‘yinini belgilab beradigan o‘yinchi bo‘lib yetishadi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha «Bunyodkor» klubi direktori Ulug‘bek Mirzayev Goal24.uz saytiga intervyu berib, Jaloliddinovning 350 ming yevro evaziga Rossiya klubiga transfer qilinayotganligini ma’lum qilgandi.
337   
Добавить комментарий
Ваше имя: *