Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Rasman. «Barselona» 16 yoshli hujumchi bilan shartnoma imzoladi

Rasman. «Barselona» 16 yoshli hujumchi bilan shartnoma imzoladi

Автор: admin

«Barselona» klubi «Rayo Valyekano» hujumchisi Fabian Lussi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda "ko‘k-anorranglilar" rasmiy sayti xabar tarqatdi.
16 yoshli futbolchi «Barsa» safiga bepul o‘tdi va 3 yillik shartnoma imzoladi. U tomonlarning kelishuviga ko‘ra yana 2 yilga uzaytirilishi mumkin.
«Real» ham Lussiga qiziqish bildirgandi, ammo «Barselona» tomonidan berilgan taklif manfaatliroq bo‘ldi. Futbolchiga ko‘proq maosh taklif qilishni esa madridliklar o‘zlariga ep ko‘rishmadi.
Lussi so‘nggi paytlarda «Rayo»ning asosiy tarkibi bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa-da, asosiy jamoa safida o‘yinda ishtirok etmadi. U «Rayo Valyekano» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘z har bir yosh toifasidagi jamoada eng yaxshi to‘purar bo‘lgan.
Manba: sport24.ru
116   
Добавить комментарий
Ваше имя: *