Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Alaves» - «Barselona». Kataloniyaliklar safida yo‘qotishlar ko‘p

«Alaves» - «Barselona». Kataloniyaliklar safida yo‘qotishlar ko‘p

Автор: admin

«Barselona» klubi Ispaniya La Ligasining 38-turi doirasida safarda «Alaves» klubi mehmoni bo‘ladi.

«Ko‘k-anorranglilar» ustozi Kike Setyen ushbu bahsda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Tarkibdan bor-yo‘g‘i 16 nafar o‘yinchi o‘rin oldi. Jerar Pike, Xunior Firpo, Samuel Umtiti, Ivan Rakitich, Artur, Antuan Grizmann kabi futbolchilar so‘nggi tur uchrashuvini o‘tkazib yuborishadi.

"Barselona"ning "Alaves"ga qarshi o‘yin uchun kengaytirilgan tarkibi:

Darvozabonlar: Mark-Andre ter Shtegen, Neto;

Himoyachilar: Nelson Semedu, Kleman Langle, Xordi Alba, Serji Roberto, Ronald Arauxo, Arnau;

Yarim himoyachilar: Serxio Buskets, Frenki de Yong, Arturo Vidal, Riki Puch.

Hujumchilar: Lionel Messi, Martin Breytueyt, Luis Suares, Ansu Fati.
126   
Добавить комментарий
Ваше имя: *