Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Klopp “Liverpul”ga mos universal hujumchi topdi

Klopp “Liverpul”ga mos universal hujumchi topdi

Автор: admin

U universal hujumchi
Angliyaning yangi chempioni “Liverpul” yana bir mohir hujumchiga muhtoj ekani ko‘plab mutaxassislar tomonidan ham ta’kidlanayotgan edi.
Yurgen Klopp bu bo‘shliqni to‘ldirish uchun Bundesligidan to‘purar oladigan bo‘ldi. Germaniyalik mutaxassis Myonxengladbaxning “Borussiya”sida debyut mavsumini muvaffaqiyatli o‘tkazgan Markus Tyuramni Liverpulga ko‘chirib kelmoqchi.
“Liverpul” bosh murabbiyi frantsiyalik hujumchi jamoaning o‘yin uslubiga mos tushishiga ishonmoqda. Chunki Tyuram baland bo‘yicha evaziga hujum markazida ham, texnikasining kuchli ekani uchun qanotdan ham o‘ynay oladi.
Tyuram joriy mavsumda 31 ta uchrashuvda 10 ta gol urdi va 9 ta golli pas uzatdi. “Borussiya” hujumchining transferini 50 million evroga baholamoqda.
179   
Добавить комментарий
Ваше имя: *