Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Ba’zilar hakamlar qaroriga ta’sir o‘tkazmoqchi». Sulsher Mourino va Lempardga javob qaytardi

«Ba’zilar hakamlar qaroriga ta’sir o‘tkazmoqchi». Sulsher Mourino va Lempardga javob qaytardi

Автор: admin

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Joze Mourinoning «MYU»ning omadi kelayotgani, Lempardning esa VAR tizimining «Yunayted»ga yon bosayotganligi haqidagi fikrlariga javob qaytardi.
«Aftidan, ba’zilar o‘yinlarimizdagi hakamlarning qarorlariga ta’sir o‘tkazishga urinmoqchi. Qolganlarga qaraganda aynan bizga omad ko‘proq kulib boqayotgani haqidagi gap-so‘zlarni ham eshitdim. Ammo keling, hammasini isbot va faktlar asosida gapiraylik. Futbolchi o‘yindan tashqari holatda qolsa, tabiiyki bu ofsayd bo‘ladi. Hammasi oydek ravshan.
«Tottenhem» bilan o‘yinning so‘nggi daqiqalarida bizdan penaltini tortib olishdi. Shu kuni biz ikki ochkoni yo‘qotdik, aks holda hozir 3-o‘rinda bo‘lardik. «Sauthempton» bilan o‘yinda esa Oriola Romeu Meysun Grinvudning oyog‘ini sindirishiga oz qolgandi. Chetlatish kerak bo‘lgan vaziyat edi, biroq hatto ko‘rib chiqilmadi. Aks holda «Sauthempton» bilan ehtimol ochko yo‘qotmasdik. «Vest Hem»ga mag‘lub bo‘lgan o‘yinimizda Mark Noubl qizil kartochkaga loyiq o‘ynagandi, e’tibor berilmadi. Aslida VAR masalasida nolish mumkin bo‘lsa, raqiblarimiz emas, biz gapirishimiz kerak» - deya Sulsherning so‘zlarini keltirmoqda Sky Sports.
Ma’lumot uchun, «MYU» 19 iyul kuni o‘z maydonida Angliya kubogi yarimfinali doirasida «Chelsi»ga qarshi maydonga tushadi.
144   
Добавить комментарий
Ваше имя: *