Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » “Monako” Robert Morenoni iste’foga chiqardi. Uning o‘rnini Niko Kovach egallaydi

“Monako” Robert Morenoni iste’foga chiqardi. Uning o‘rnini Niko Kovach egallaydi

Автор: admin

Fransiyaning “Monako” klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Robert Morenoni iste’foga chiqarishga qaror qildi. Bu haqda L’Equipe xabar bermoqda.
Fransiya chempionatining 2019/20-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, “Monako” 40 ochko to‘plagan holda, 9-o‘rinni egalladi.

Moreno 2019-yilning 28-dekabridan beri klubni boshqarib kelayotgandi.

Manbaning xabariga ko‘ra, Morenoning o‘rnini “Bavariya” sobiq bosh murabbiyi Niko Kovach egallashi kutilmoqda. “Bavariya” uning qo‘l ostida (2018/19-yilgi mavsumda) Germaniya chempionati, mamlakat Kubogi va Superkubogida g‘alaba qozongan.
Shuningdek, klub bir qator futbolchilar bilan ham o‘zaro kelishib olishni rejalashtirmoqda. Ma’lumki, “Monako” Fransiyada PSJdan keyin futbolchilarga maosh to‘lash bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi, shuning uchun klub yaxshi takliflar chiqqan taqdirda, bir qator o‘yinchilarni sotishni rejalashtirmoqda. Benua Badiashile, Vissam Ben Yedder, Benyamin Henriks, Yussuf Fofana va Fode Ballo-Ture shular jumlasidandir. Bundan tashqari, klub ijaraga berilgan futbolchilardan ham qutulishi mumkin.
204   
Добавить комментарий
Ваше имя: *