Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Rauldan Xavigacha. La Ligada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar

Rauldan Xavigacha. La Ligada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar

Автор: admin

Transfermarkt portali Ispaniya chempionatida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi.
Unga ko‘ra, “Barselona” va “Valensiya” jamoalari sobiq darvozaboni Andoni Subisarreta reytingda peshqadamlik qilmoqda. O‘tgan asrning oxirida to‘p surgan darvozabon La Ligada 622 ta o‘yin o‘tkazgan.
Ikkinchi o‘rindan hozirda faoliyatini “Betis”da davom ettirayotgan Xoakin Sanches (551 o‘yin) joy oldi. Kuchli uchlikni “Real” afsonasi Raul (550) yakunlab berdi.
Primerada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar:
  1. Andoni Subisarreta (“Barselona”) — 622 ta o‘yin
  2. Xoakin Sanches (“Betis”) — 551
  3. Raul (“Real”) — 550
  4. Eusebio Sakristan (“Valyadolid”) — 543
  5. Fransisko Buyo (“Real”) — 542
  6. Manuel Sanchis (“Real”) — 523
  7. Iker Kasilyas (“Real”) — 510
  8. Xavi (“Barselona”) — 505
  9. Mikel Soler (“Malyorka”) — 504
  10. Fernando Yerro (“Real”) — 497
166   
Добавить комментарий
Ваше имя: *