Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » "Barselona" Koutinoni "Arsenal" futbolchisi bilan almashtiradi (Foot Mercato)

"Barselona" Koutinoni "Arsenal" futbolchisi bilan almashtiradi (Foot Mercato)

Автор: admin

"Barselona" va "Arsenal" klublari o'zaro o'yinchi almashtirishlari mumkin.
Katalon klubi "to'pchilar"ga Matteo Genduzining evaziga Filippe Koutinoni taklif qilgan. Klublar ayni paytda "rokirovka" masalasini muhokama qilishmoqda, deb xabar qildi Foot Mercato.
Takidlanishicha, Genduzining o'zi kelajagi borasida yakuniy qarorni qabul qilmagan. Ammo u Arteta qo'l ostida o'yin amaliyotining kamligidan norozi. Bundan tashqari, franciyalik futbolchi "Brayton"ga  (1:2) qarshi uchrashuvdagi janjalli vaziyatdan keyin "Arsenal" tarkibiga kiritilmayapti. O'shanda u raqib futbolchilarini haqorat qilib, ularning maoshini masxara qilgandi.

London klubi Genduzini 40 mln evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor. U APLning joriy mavsumida 24 ta o'yin o'tkazdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Joriy mavsumni ijara asosida "Bavariya"da o'tkazgan Koutino esa 23 uchrashuvda (Bundesliga) maydonga tushib, 8 gol va 6 ta assistga mualliflik qildi.
173   
Добавить комментарий
Ваше имя: *