Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Arsenal» Angliya Kubogi finaliga chiqishlar soni bo‘yicha rekordni yangiladi

«Arsenal» Angliya Kubogi finaliga chiqishlar soni bo‘yicha rekordni yangiladi

Автор: admin

«Arsenal» Angliya Kubogi yarimfinalida «Manchester Siti» ustidan g‘alaba qozondi (2:0). «Shaharliklar» darvozasiga to‘plarni Per-Emerik Obameyang kiritdi.
Shu tariqa «Arsenal» turnir finalida 21-bor o‘ynaydigan bo‘ldi. Bu rekord sanaladi. Agar 19 iyun kuni o‘tadigan ikkinchi yarimfinalda «MYU» «Chelsi»ni mag‘lub etsa, bu ko‘rsatkich borasida «to‘pchilar»ga yetib oladi.
Shuningdek, «Arsenal» Angliya Kubogidagi g‘alabalar soni bo‘yicha ham rekordchi hisoblanadi. Londonliklar 13 bor finallarni o‘z foydalariga hal qilishgan. Keyingi o‘rinlarni «Manchester Yunayted» (12), «Chelsi» (8) va «Tottenhem» (8) egallagan.
137   
Добавить комментарий
Ваше имя: *