Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Real» muxlislari jamoaning mavsumdagi eng yaxshi va yomon o‘yinchilarini aniqlashdi

«Real» muxlislari jamoaning mavsumdagi eng yaxshi va yomon o‘yinchilarini aniqlashdi

Автор: admin

Marca nashri ovoz berish natijalariga ko‘ra «Real»ning mavsumdagi eng yaxshi va yomon o‘yinchilarini aniqladi.
Muxlislar «qirollik klubi»ning eng yaxshi o‘yinchisi deb hujumchi Karim Benzemani topishdi. Ikkinchi o‘rinni himoyachi Serxio Ramos, uchinchi pog‘onani darvozabon Tibo Kurtua egalladi. Shuningdek, top-5dan yarimhimoyachilar Kazemiro va Toni Kroos o‘rin olishdi. 
Jamoaning uelslik vingeri Garet Beyl esa ishqibozlar tomonidan mavsumning eng yomon o‘yinchisi deb topildi. 31 yoshli futbolchi Ispaniya chempionatida 16ta bahsda maydonga tushib, 2ta gol va xuddi shuncha assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, Madrid klubi chempionatning 37-turida «Vilyarreal»ni (3:1) mag‘lub etib, o‘z tarixida 34-bor La Liga chempioniga aylandi.
149   
Добавить комментарий
Ваше имя: *