Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Messi La Liganing tarixiy rekordini yangilashga yaqin

Messi La Liganing tarixiy rekordini yangilashga yaqin

Автор: admin

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatida to‘purar bo‘lib tarixiy rekordni yangilashga yaqin, deb yozadi Ole.
Argentinalik futbolchi mavsum yakunlariga ko‘ra chempionat to‘purari bo‘lsa, 7-bor «Pichichi» sovrinini yutadi va bu ko‘rsatkich borasida peshqadamga aylanadi. Leo hozirgacha 6 bor (2010, 2012, 2013, 2017, 2018, 2019) La Liga to‘purari bo‘lgan. Xuddi shunday natija «Atletik»ning sobiq forvardi Telmo Sarraga ham tegishli (1945, 1946, 1947, 1950, 1951, 1953).
Bu mavsumda Messi Ispaniya Primerasida 23ta to‘p kiritdi. Uning eng yaqin ta’qibchisi, «Real» hujumchisi Karim Benzema hisobida 21ta gol bor. 
La Liganing so‘nggi turida «Barselona» «Alaves» bilan, «Real» esa «Leganes»ga qarshi bahs yuritadi.
204   
Добавить комментарий
Ваше имя: *