Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Arteta: "Biz bir haftada Yevropaning ikki kuchli klubini mag‘lub etdik"

Arteta: "Biz bir haftada Yevropaning ikki kuchli klubini mag‘lub etdik"

Автор: admin

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya kubogi doirasida "Manchester Siti" ustidan qozonilgan (2:0) g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
"Biz ajoyib haftani o‘tkazdik. Biz Yevropaning eng kuchli ikki klubini mag‘lub etdik. Bu har kuni sodir bo‘lavermaydi. Biz kurashishimiz kerak. Biz o‘yinni nazorat qildik va yaxshi himoyalandik.
Obameyangning shartnomasi? Umid qilaman, bugungi o‘yin unga to‘g‘ri yo‘nalishda borayotganimizni ko‘rsatadi", -dedi Arteta.
Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" shu hafta APL doirasida "Liverpul"ni mag‘lub etgan edi.
132   
Добавить комментарий
Ваше имя: *